«Chelsi» yarim himoyachi Pedru Netu bilan shartnomani uzaytirganini rasman e’lon qildi.
Portugaliyalik futbolchi London klubi bilan 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi kelishuvni imzoladi. Shartnomada uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchining maoshi ham oshgan.
Ma’lumot uchun, Netu 2024 yil yozida «Vulverhempton»dan «Chelsi»ga ko‘chib o‘tgan edi.
Bu mavsumda u barcha turnirlar doirasida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Shu kunga qadar «Chelsi» safida jami 108 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, 21 ta gol va 19 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan. Transfermarkt portali Netuning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi