Angliya Premer-ligasida avgust oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Unga ko‘ra, «Hall Siti» bosh murabbiyi Sergey Yakirovich eng yaxshi deb topildi.
Bosniyalik 49 yoshli mutaxassis qo‘l ostida APL debyutanti mavsum boshidagi har ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozondi. Birinchi turda «Hall» «Manchester Yunayted»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, keyingi bahsda «Koventri»ni 1:0 hisobida yengdi. Sergey sovrin uchun kurashda Mikel Arteta, Xabi Alonso va Enso Mareskani ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Yakirovich 2016 yil avgustidan buyon ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi «yo‘lbarslar»ning murabbiyiga aylandi. O‘shanda mukofot Mayk Felanga nasib etgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi