Live
6
O'zbek

Ferran Torres YCHLda hafta qahramoni deb topildi

Futbol
11 sentabr, 12:28
    10+
Parijliklar futbolchisi «Slovan»ga qarshi bahsda het-trikka erishdi.
Ferran Torres YCHLda hafta qahramoni deb topildi
Фото: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Ferran Torres Chempionlar ligasining 1-turida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Parij klubi ilk turda o‘z maydonida «Slovan»ni 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Torres uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Torres 73 daqiqa ichida uchta gol urdi va UYeFA tomonidan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb ham topildi.

Birinchi turdan keyin Torres «Shtutgart» hujumchisi Ermedin Demirovich bilan birga Chempionlar ligasi to‘purarlari poygasida yetakchilik qilmoqda. Har ikki futbolchi hisobida uchtadan gol bor.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar