Live
6
O'zbek

Temur Kapadze: «Ikkinchi bo‘limda hamma narsa hal bo‘ldi»

Eksklyuziv
11 sentabr, 15:30
«Navbahor» ustozi «Buxoro»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Temur Kapadze: «Ikkinchi bo‘limda hamma narsa hal bo‘ldi»
Фото: Навбаҳор ПФК
11.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Buxoro Buxoro 1 : 4 Navbahor Namangan Navbahor Namangan

21-turning markaziy uchrashuvida «Navbahor» safarda «Buxoro»ga qarshi maydonga tushdi. O‘yinda faolroq o‘ynagan va imkoniyatlaridan samarali foydalana olgan namanganliklar mehmonda 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘yindan keyin g‘olib jamoa bosh murabbiyi Temur Kapadze matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Birinchi navbatda yigitlarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Kelgan muxlislarimizga ham rahmat, jamoamizni yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi. Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Albatta, safarda «Buxoro» bilan o‘ynash oson bo‘lmaydi. Jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibni o‘rganib chiqdik. Kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Bugun biz har taraflama yaxshiroq edik. Haqli g‘alaba qozondik. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Baribir bo‘ydor futbolchilar kerak edi. Hamraliyev bilan birga Dilshod Komilovni ham qo‘ydik, Umarni o‘rniga. «Buxoro»ni kuchli tarafi standartlar edi. Lekin o‘yin ko‘rsatdiki, standartlar kam bo‘ldi. Chunki uchrashuv nazorati bizning qo‘limizda edi. Asosan, standartlarga bo‘ydor futbolchilar kerakligi uchun shunday qildik.

To‘g‘risini aytsam, oson gol o‘tkazib yubordik. Uzatma paytida ikkita markaziy himoyachilarimiz xato qildi. «Buxoro» pala-partishlikdan gol urib ketdi. Shunga qaramasdan, yana o‘zimizda kuch topdik. Bu yerda o‘ziga yarasha bosim, muxlislar, hamma narsa bor edi. Oson kechmasligini bilardik. Lekin ikkinchi bo‘limda hamma narsa hal bo‘ldi. Yoqimsiz gol o‘tkazdik. Agar gol bo‘lmaganida birinchi taymda yana 3-4 ta imkoniyatimiz bo‘lardi.

Xusayn ham, Asad ham yo‘qotish bo‘ldi. Jarohat olishgan, o‘ziga yarasha shamollash ham bor edi. Har bir jamoani o‘ziga yarasha kamchiliklari, yo‘qotishlari bo‘lib turadi. Ammo Kojoni qo‘ydik, birinchi bo‘limda yomon harakat qilmadi. Ikkinchi bo‘limda imkoniyati bor edi, foydalana olmadi. Keyin rejamizda bor ediki, Shoxruh oldin hujumchi bo‘lmaganda ham uni hujumga tushirganmiz. Bu chiziqda foydaliroq harakat qilyapti. Kim qanday o‘ynayotganini kuzatdik. Zaxiradagi futbolchilarni kechroq tushirdik. Chunki maydondagi o‘yinchilar yaxshiroq harakat qilishayotgandi», - deya Kapadzening so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar