Live
6
O'zbek

Rafinya – La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
11 sentabr, 15:17
    2
Braziliyalik futbolchi avgust oyida 3 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.
Rafinya – La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Фото: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Rafinya La Ligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi.

O‘tgan oyda braziliyalik hujumchi Ispaniya chempionati doirasida uchta uchrashuvida ishtirok etib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.

Xususan, Rafinya «Elche» (5:0) va «Rayo Valekano» (5:2)ga qarshi uchrashuvlarning har birida dubl qayd etdi. Shuningdek, u «Atletik» klubiga qarshi bahsda (2:0) bitta gol urdi.

Ma’lumot uchun, futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Rafinyaning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar