“Tottenhem” Risharlisonni APL mavsumining birinchi davrasi uchun qaydnomaga kiritmadi.
29 yoshli hujumchi London klubining Angliya Premer-ligasida ishtirok eta oladigan futbolchilari roʻyxatidan joy olmadi.
The Athletic nashri yozishicha, Risharlisonga bu qaror Angliyadagi transfer oynasi yopilishidan oldin maʼlum qilingan.
Braziliyalik futbolchi 2022 yil iyul oyida “Everton”dan “Tottenhem”ga 50+10 million funt evaziga oʻtgan. U oʻtgan mavsumda APLda 32 ta bahsda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va “taqachilar”ning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.
Avvalroq futbolchining Turkiyaning “Trabzonspor” klubi bilan muzokara olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
“Tottenhem” Risharlisonni APL qaydnomasiga kiritmadi
Futbol
4 sentabr, 01:10
5
Braziliyalik hujumchi jamoaning oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari boʻlgandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi