Alessio Romanioli “As Sadd” futbolchisiga aylandi.
Qatar klubi 31 yoshli himoyachini “Latsio”dan transfer qilganini eʼlon qildi.
Tomonlar 2029 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Janluka Di Marsioning maʼlumotlariga koʻra, transfer qiymati taxminan 3 million yevroni tashkil qilgan.
Romanioli 2022 yildan buyon “Latsio” safida toʻp tepib kelayotgandi va rimliklar tarkibida 161 ta oʻyin oʻtkazdi.
Himoyachi faoliyati davomida “Milan”, “Roma” va “Sampdoriya” klublarida ham oʻynagan.
Romanioli Qatar klubiga oʻtdi
Futbol
4 sentabr, 03:01
“Latsio” himoyachisi faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.
Foto: Al Sadd