Bugun
36
O'zbek

Javohir Sindarov 1 mln dollar mukofot jamgʻarmasiga ega turnirda qatnashadi

Boshqa sportlar
4 sentabr, 00:50
U bilan bir jamoada Bibisara Asaubayeva ham bor.
Javohir Sindarov 1 mln dollar mukofot jamgʻarmasiga ega turnirda qatnashadi
Foto: UzChess

Oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Hindistonda boʻlib oʻtadigan nufuzli franchayzing musobaqasi — Tech Mahindra Global Chess League (GCL) turnirida ishtirok etadi, deb xabar beradi UzChess.

Musobaqa 5-13 centyabr kunlari Hindistonda boʻlib oʻtadi.

Sindarov ushbu mavsumda American Gambits jamoasida harakat qiladi va jamoaning birinchi — Icon taxtasida dona suradi.

Javohirdan (2778) tashqari uning jamoasida Nihal Sarin (2718), Daniil Dubov (2654), Bibisara Asaubayeva (2480), Sara Hadem (2414), Mark Andriya Maurissi (2612) ham bor.

American Gambits jamoasi tarkibi
Foto: Getty Images
Bugungi yangiliklar