FIFA erkaklar futbolida yozgi transferlar oynasi davrida klublarning xalqaro transferlarga rekord darajada mablagʻ sarflaganini maʼlum qildi.
Xalqaro futbol federatsiyasi maʼlum qilishicha, 1 iyundan 2 sentyabrga qadar mamlakatlar oʻrtasida 12 575 ta transfer rasmiylashtirilgan. Klublar yangi futbolchilarni tarkibiga qoʻshish uchun jami 9,89 milliard dollar sarflagan.
2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan 260 nafardan ortiq futbolchi klubini oʻzgartirdi. Klublar ularning transferlari uchun 3,3 milliard dollardan ziyod mablagʻ sarflagan.
Ayollar futbolida ham transferlar boʻyicha yangi rekordlar oʻrnatildi: xarajatlar 2025 yilga nisbatan ikki baravardan koʻproq oshib, 28,6 million dollarga yetdi. Transferlar soni esa 1400 tadan oshdi.
Yozdagi transferlar uchun 9,89 mlrd dollar sarflandi. Bu — rekord
Futbol
3 sentabr, 23:23
1
1 iyundan 2 sentyabrgacha 12575 ta transfer rasmiylashtirildi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi