Live
1
O'zbek

La Liga. «Sevilya» «Valensiya»ni minimal hisobda mag‘lub etdi

Futbol
11 sentabr, 17:20
Andalusiya klubi 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Ko‘rshapalaklar» esa turnir jadvalida so‘nggi pog‘onada bormoqda.
La Liga. «Sevilya» «Valensiya»ni minimal hisobda mag‘lub etdi
Фото: Getty Images

Ispaniya chempionatining 5-turida «Sevilya» o‘z maydonida «Valensiya»ni qabul qilib, minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol 81-daqiqada Iglesias hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng andalusiyaliklar 10 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Valensiya» esa 1 ochko jamg‘arib, so‘nggi pog‘onada bormoqda.

La Liga. 5-tur
Sevilya – Valensiya 1:0
Gol:
Iglesias 81.
Sevilya – Vlaxodimos, Lopes, Iglesias, Salas, Suaso, Siyerra, Agum, Fofana (Kochorashvili, 71), Korreya (Dias, 84), Stassin (Guridi, 83), Bernal (Robbi, 63).
Valensiya - Dimitriyevski, Martines, Tarrega, Pepelu, Gayya (Vaskes, 83), Otorbi, Deng, Ugrinich, Sato, Gerra (Duro, 83, Danjuma.

Bugungi yangiliklar