«Real» «Arsenal» yarimhimoyachisi Martin Subimendini o‘z safiga qo‘shib olish g‘oyasidan voz kechmagan. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.
Ispaniyalik futbolchining «qirollik klubi»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar yozda ham tarqalgan, ammo transfer amalga oshmagandi. Qayd etilishicha, «qirollik klubi» «to‘pchilar» futbolchisini qishki transfer oynasida sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Madrid klubi vakillari futbolchini taxminan 70 million yevroga sotib olish mumkin deb hisoblamoqda. «Arsenal» 2025 yilda Subimendi uchun aynan shuncha mablag‘ to‘lagan.
Hozirda Martin londonliklar safida asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan. Bu mavsumdagi barcha 5 ta uchrashuvda Mikel Arteta 27 yoshli futbolchini zaxiradan maydonga tushirgan.
Avvalroq Subimendi faoliyatini «Barselona» yoki «Real»da davom ettirmoqchi ekani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi