Bugun
107
O'zbek

FIFA «Venger ofsaydi» sinovlarini boshlaydi

Futbol
31 mart, 13:00
Yangi qoida va murabbiylar so‘rovi tizimi Kanada Premyer-ligasida joriy etiladi.
FIFA «Venger ofsaydi» sinovlarini boshlaydi
Foto: Getty Images

FIFA «Venger ofsaydi» deb ataluvchi yangi qoidani va murabbiylar so‘rovi tizimini sinovdan o‘tkazishni rasman e’lon qildi. Bu haqda tashkilot bayonotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, sinovlar 4 aprel kuni start oladigan Kanada Premyer-ligasining yangi mavsumida boshlanadi. Ushbu qaror avvalroq Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) yig‘ilishida ma’qullangan.

«Bu muhim pilot loyiha. Yangi qoidani professional musobaqalarda sinab ko‘rib, uning o‘yinga ta’sirini, jumladan, tushunarlilik va dinamikani oshirish hamda hujumkor futbolni rag‘batlantirishdagi rolini yaxshiroq baholay olamiz», — dedi FIFA global futbol rivoji bo‘limi rahbari Arsen Venger.

Mazkur taklifga ko‘ra, agar gol urish mumkin bo‘lgan tana a’zolaridan hech bo‘lmaganda bittasi so‘nggi himoyachi chizig‘i bilan bir chiziqda yoki undan orqada bo‘lsa, ofsayd qayd etilmaydi. O‘yinchi faqat to‘liq tanasi bilan raqib darvozasiga yaqinroq joylashgan taqdirdagina «o‘yindan tashqari holat» qayd etiladi.

Shuningdek, yangi tizim murabbiylarga muhim epizodlar — gollar, penaltilar va to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkalar bo‘yicha cheklangan miqdorda videoko‘rib chiqish so‘rovi berish imkonini taqdim etadi.

Bugungi yangiliklar