Live
14
O'zbek

Mourinio: «Kerrik juda yaxshi ishlamoqda, bundan xursandman»

Futbol
13 sentabr, 10:15
«Real» bosh murabbiyi «Manchester Yunayted» ustozi Maykl Kerrikning faoliyatiga ijobiy baho berdi.
Mourinio: «Kerrik juda yaxshi ishlamoqda, bundan xursandman»
Foto: Getty Images

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrikning jamoa bilan olib borayotgan ishlari haqida fikr bildirdi.

«Mayklning ishlari yaxshi ketyapti, shunday emasmi? U o‘z vazifasini a’lo darajada bajarmoqda. Bundan xursandman», — dedi Mourinio Sky Sports nashriga.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» 2026 yil may oyida Ruben Amorim iste’foga chiqarilganidan so‘ng Maykl Kerrikni bosh murabbiy etib tayinlaganini rasman e’lon qilgandi. Mutaxassis bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolangan.

Ma’lumot uchun, APLning uch turidan so‘ng «Manchester Yunayted» 4 ochko bilan turnir jadvalining 13-o‘rnida bormoqda. «Arsenal» esa 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar