«Barselona» sport vitse-prezidenti Rafael Yuste jamoa hujumchisi Lamin Yamal 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq ekanini ta’kidladi.
«Yamal butun dunyo yoshlariga katta umid baxsh etayotgan yosh futbolchi. Uning yoshida bunday dahoga ega bo‘lishi aql bovar qilmaydi. Men ko‘p yillardan beri u kabi futbolchini ko‘rmaganman. Shuning uchun adolat qaror topishiga va u munosib «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishiga ishonaman.
U butun dunyodagi ko‘plab o‘g‘il-qizlarga, shuningdek, futbolni yaxshi ko‘radigan bizga taqdim etayotgan baxti uchun bu sovringa loyiq. Adolat qaror topishi kerak. U o‘zi va ko‘plab insonlarni baxtli qilayotgani uchun ham hamma narsaga loyiq», — dedi Yuste Sport.es nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun 30 nafar nomzod qatoridan joy olgan.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli hujumchi «Barselona»ning asosiy tarkibida muntazam o‘ynamoqda.