«An Nasr» klubi va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodriges biznes bilan shug‘ullanishni boshlaganini bildirdi. Model bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
«Biznesmen ona. Bir vaqtlar faqat xayolimda mavjud bo‘lgan narsa endi haqiqatga aylandi. Men bundan ortiq minnatdor, faxrlangan va oldinda kutayotgan barcha voqealardan hayajonlangan bo‘la olmayman», — deb yozdi Jorjina.
Eslatib o‘tamiz, Jorjina Rodriges va Krishtianu Ronaldu avgust oyida rasman turmush qurishgan.
Ma’lumot uchun, OAVda Jorjina Ronalduning katta farzandlariga rasman ona maqomini olgani haqida ham mish-mishlar tarqalgan.