Live
14
O'zbek

Neymar Koutino haqida: «Agar bu tush bo‘lsa, uyg‘onishni xohlamayman»

Futbol
13 sentabr, 09:00
Braziliyalik hujumchi do‘sti Filipp Koutinoning «Santos»ga qo‘shilishidan xursand ekanini ta’kidladi.
Neymar Koutino haqida: «Agar bu tush bo‘lsa, uyg‘onishni xohlamayman»
Foto: Getty Images

Neymar Filipp Koutinoning «Santos»ga o‘tganini klubning o‘zidan oldinroq ma’lum qilgandek bo‘ldi. 433 nashri futbolchilar «Santos» qarorgohida uchrashgan video e’lon qildi.

«Agar bu tush bo‘lsa, uyg‘onishni xohlamayman. Men seni quchoqlab, g‘amxo‘rlik qilish uchun shu yerdaman. O‘zingni uydagidek his qil!» — dedi Neymar.

Eslatib o‘tamiz, Koutino «Santos» safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi. Avvalroq futbolchi klub bilan ushbu yil oxirigacha shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Neymar va Koutino klub miqyosida birga o‘ynamagan. Ular faqat Braziliya milliy jamoasida birga to‘p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Santos FC Santos FC
Bugungi yangiliklar