Filippe Koutinio faoliyatini “Santos”da davom ettiradi.
Fabritsio Romano yozishicha, “Barselona” va “Liverpul”ning braziliyalik sobiq yarimhimoyachisi Neymar toʻp tepayotgan klub bilan yil oxiriga qadar shartnoma imzolaydi.
Koutinioning tibbiy koʻrigi bugun, 11 sentyabrga rejalashtirilgan.
34 yoshli futbolchi “Vasko da Gama”dan ketganidan soʻng erkin agent maqomida boʻlib turgandi. U bu mavsumda Braziliya chempionatida 3 oʻyinda 1 ta gol urgan.
Koutinio Neymarning jamoadoshiga aylanadi
Futbol
11 sentabr, 02:07
15+
34 yoshli futbolchi Braziliyadagi klubini oʻzgartirmoqda.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi