Bugun
215
O'zbek

Neymarning o‘ng son qismida jarohat aniqlandi

Futbol
5 sentabr, 02:40
    5+
Braziliyalik vinger «Palmeyras»ga qarshi kubok bahsida noqulaylik his qilgan.
Neymarning o‘ng son qismida jarohat aniqlandi
Foto: Getty Images

Braziliyaning «Santos» klubida to‘p tepayotgan futbolchi Neymar tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, 34 yoshli futbolchining o‘ng son qismida mushak jarohati aniqlangan. Qayd etilishicha, Neymar «Palmeyras»ga qarshi kubok bahsida noqulaylik his qilgan. Jarohati sabab hujumchi birinchi bo‘limdan so‘ng maydonni tark etgan.

Ma’lumot o‘rnida, bu mavsum braziliyalik vinger 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol va 8 ta assist qayd etgan. Avvalroq Neymar «Santos» bilan xayrlashish arafasida ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Santos FC Santos FC
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar