«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi braziliyalik hujumchi Risharlison jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmayotganini ma’lum qildi.
«Bu uning o‘zi qabul qilgan qaror. Men ham, klub ham emas. Bu haqda mendan so‘ramang, chunki qarorni men qabul qilmaganman va ushbu vaziyat uchun javobgar emasman», — dedi De Zerbi jurnalistlarga.
Avvalroq Risharlison «Tottenhem»ni tark etmoqchi ekani, biroq uning «Everton»ga o‘tishi amalga oshmagani haqida xabar berilgandi. Hozir hujumchiga «Trabzonspor» qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, «Tottenhem» braziliyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilishi mumkinligi ham aytilgan.
Risharlisonning «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan.