«Real» vingeri Vinisius Junior La Liganing 4-turi doirasidagi «Betis»ga qarshi o‘yindan (0:1) so‘ng jazolandi.
Braziliyalik futbolchi yakuniy hushtakdan so‘ng bosh hakam Alejandro Ernandesning jahlini chiqaradigan gaplar aytgan. Natijada Vinisius hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka oldi.
Qayd etish lozim, bellashuvning 90+4-daqiqasida madridliklar forvardi Kilian Mbappe penaltidan unumli foydalana olmadi.
Bu natijadan so‘ng «Real» 9 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. «Betis» ham shuncha ochko to‘plagan holda 3-pog‘onaga ko‘tarildi.