Bugun
36
O'zbek

Alvares «Atletik» bilan o‘yin qaydnomasiga kiritiladi

Futbol
4 sentabr, 09:42
    5
Madrid klubi ustozi argentinalik hujumchi Bilbaoga jamoa bilan yo‘l olishini ma’lum qildi.
Alvares «Atletik» bilan o‘yin qaydnomasiga kiritiladi
Foto: Gettyimages
05.09.2026, 10:15 Ispaniya La Ligasi Athletik Athletik - : - Atletico Madrid Atletico Madrid

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone forvard Xulian Alvares La Liga doirasidagi o‘yinga Bilbaoga jamoa bilan yo‘l olganini ma’lum qildi.

«U yaxshi shug‘ullanmoqda. Xulian qaydnomaga kiritiladi, Bilbaoga yo‘l oladigan jamoaning bir bo‘lagi bo‘ladi. Biz undan ham, tarkibdagi boshqa futbolchilardan ham maksimal harakatni kutyapmiz», - deya Simeone so‘zlaridan iqtibos keltirdi AS.

Avvalroq, argentinalik futbolchi Madrid klubini tark etishi haqida mish-mishlar tarqaldi, biroq yozgi transfer oynasi yopilib, forvard «Atletiko»da qoldi.

Eslatib o‘tamiz, «Atletik» - «Atletiko» bellashuvi shanba, 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Athletik Athletik
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar