«PSJ» hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya bosh murabbiy Luis Enrikening uning futbolga bo‘lgan munosabatiga ta’siri haqida fikr bildirdi.
«Napoli»da men boshqacha futbolchi edim. Bu yerga kelganimdan so‘ng jamoaning ishga qanday fidoyilik bilan yondashishini va menga qanday hurmat bilan munosabatda bo‘lishini angladim. Luis Enrike bilan ishlash davomida bor kuchimni berishim kerakligini tushundim, chunki bu yerda har bir futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Bir marta xato qilsangiz, zaxira o‘rindig‘ida qolishingiz mumkin», — dedi Kvaratsxeliya Mundo Deportivo nashriga.
Eslatib o‘tamiz, gruziyalik futbolchi 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun 30 nafar nomzod qatoridan joy olgan.
Ma’lumot uchun, Kvaratsxeliya o‘tgan mavsumda 48 ta bahsda 19 ta gol urib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.