Live
13
O'zbek

«Borussiya M» bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

Futbol
13 sentabr, 08:30
Myonxengladbax klubi mavsum boshidan buyon birorta ochko jamg‘ara olmagan murabbiy bilan xayrlashdi.
«Borussiya M» bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Foto: Getty Images

Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi Oygen Polanskining jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etganini rasman e’lon qildi. Bu Germaniya Bundesligasida 2026/27 yilgi mavsumdagi ilk murabbiy iste’fosi bo‘ldi.

Polanski «Freyburg»ga qarshi safardagi bahsda 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan bir kun o‘tib iste’foga chiqarildi. «Borussiya» ushbu natijadan so‘ng Bundesligada ochkosiz holda turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Polanski «Borussiya» bosh murabbiyi lavozimiga o‘tgan yilning noyabrida tayinlangan edi. Bungacha u jamoada vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida ishlagan, undan avval esa klubning yoshlar va o‘smirlar jamoalarini boshqargan.

Ma’lumot uchun, «Borussiya» navbatdagi bahsini 19 sentyabr kuni o‘z maydonida «Mayns»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Borussiya M Borussiya M
Bugungi yangiliklar