Live
13
O'zbek

Ronaldu: «Biz oldinga qarab harakat qilishda davom etamiz»

Futbol
13 sentabr, 07:45
Portugaliyalik hujumchi «An Nasr»ning navbatdagi bahsidan so‘ng jamoaga murojaat qildi.
Ronaldu: «Biz oldinga qarab harakat qilishda davom etamiz»
Foto: Getty Images
12.09.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al-Khalij Al-Khalij 1 : 1 Al Nassr Al Nassr

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Al Halij»ga qarshi Saudiya Arabistoni chempionatining 7-tur bahsidan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi post qoldirdi. Bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

«Biz oldinga qarab harakat qilishda davom etamiz. Birgalikda katta kuchmiz!», — deb yozdi 41 yoshli futbolchi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu ushbu mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 6 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Uning «An Nasr» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «An Nasr» 16 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Khalij Al-Khalij
  • Al Nassr Al Nassr
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar