Live
7
O'zbek

Alvares mashg‘ulotda jarohat oldi

Futbol
13 sentabr, 06:15
«Atletiko» hujumchisi mushaklaridagi noqulaylik sabab La Liga doirasidagi navbatdagi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Alvares mashg‘ulotda jarohat oldi
Foto: Getty Images
13.09.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Sociedad Real Sociedad - : - Atletico Madrid Atletico Madrid

Madridning «Atletiko» klubi 26 yoshli hujumchi Xulian Alvares mashg‘ulot vaqtida mushak jarohatini olganini ma’lum qildi. Bu haqda klubning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

Argentinalik futbolchi shanba kungi mashg‘ulot yakuniga yaqin noqulaylik sezgani sabab mashg‘ulotni muddatidan oldin tark etgan. Unga mushak cho‘zilishi tashxisi qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Alvares bugun, 13 sentyabr kuni La Liga 5-turi doirasida «Real Sosiyedad»ga qarshi safar bahsini o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, argentinalik hujumchi yaqin vaqt ichida qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Uning jarohati qanchalik jiddiy ekani tekshiruvlardan so‘ng aniqlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Sociedad Real Sociedad
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar