Live
13
O'zbek

«Roma» qishda «Real» hujumchisini qo‘lga kiritishga urinadi

Futbol
13 sentabr, 08:15
Italiya klubi yozda amalga oshmagan transfer bo‘yicha muzokaralarni qishda qayta boshlashni rejalashtirmoqda.
«Roma» qishda «Real» hujumchisini qo‘lga kiritishga urinadi
Foto: Getty Images

Goal nashri Corriere dello Sport manbasiga tayanib xabar berishicha, «Roma» qishda «Real» hujumchisi Endrik bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashni rejalashtirmoqda.

Rim klubi yozda ham 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shishga uringan. Biroq avval Endrik «Real»da o‘zini ko‘rsatish istagida transferga rozi bo‘lmagan. Keyinchalik esa Rodrigo jarohat olgani sababli Joze Mourinio braziliyalik hujumchining ketishiga qarshi chiqqan.

Endrik «Real»da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Shu sababli futbolchining noroziligi ortib borayotgani «Roma»ning transferni amalga oshirish imkoniyatlarini oshirmoqda.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt Endrikning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar