Insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, BAA klublaridan biri «Yuventus»ga Arkadiush Milik bo‘yicha so‘rov yuborgan.
32 yoshli polshalik hujumchi «Yuventus»ning kelgusi rejalaridan o‘rin olmagan. Turin klubi futbolchini sotishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Milik «Yuventus» safiga 2023 yilning yozida qo‘shilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 1,5 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Milik o‘tgan mavsumda Italiya chempionatining atigi ikki bahsida maydonga tushgan.