Lionel Messi «Inter Mayami» safida MLSning «Neshvill»ga qarshi bahsida gol urdi. Krishtianu Ronaldu esa Saudiya Arabistoni chempionatida «Al Halij»ga qarshi bahsda gol ura olmadi.
Shu tariqa, Messi faoliyatidagi gollari sonini 927 taga yetkazdi. Ronalduning hisobida esa 979 ta gol bor. Futbolchilar o‘rtasidagi farq 52 ta golni tashkil qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Messi 41 yoshli Ronaldudan ikki yosh kichik. Portugaliyalik hujumchi 1000 ta gol marrasiga argentinalik raqibidan oldinroq yetib borishi kutilmoqda.