Norvegiyalik himoyachi Jesper Dalann Yevropaning uchta klubi qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga «Ayntraxt», «Shalke» va «Lill» klublari qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dalannning transfer huquqi «Kardiff Siti»ga tegishli. Himoyachi «Viking» safida ijara asosida o‘ynamoqda va uning ijara shartnomasi 2027 yil yanvarida yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, Dalann ushbu mavsum Norvegiya chempionatida ikkita bahsda maydonga tushib, bir marta sariq kartochka olgan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 1,5 million yevroga baholamoqda.