Live
5
O'zbek

«Barselona» Rafinya bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

Futbol
13 sentabr, 05:53
Kataloniyaliklar mavsumni ajoyib boshlagan braziliyalik yarimhimoyachi bilan uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirmoqchi
«Barselona» Rafinya bilan shartnomasini uzaytirmoqchi
Foto: Getty Images

«Barselona» braziliyalik yarimhimoyachi Rafinya Dias bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda Transfer News Live DiarioAS ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati 29 yoshli futbolchi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Rafinyaning amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.

Rafinya 2026/27 yilgi mavsumni yuqori saviyada boshladi. U Ispaniya chempionatining dastlabki to‘rt bahsida 6 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rafinya 2022 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar