Live
5
O'zbek

Kerrik: «Biz hali ham o'z ustimizda ishlashimiz kerak»

Futbol
13 sentabr, 06:00
«Man Siti» yarimhimoyachisining fikriga «MYU» ustozi munosabat bildirdi.
Kerrik: «Biz hali ham o'z ustimizda ishlashimiz kerak»
Foto: Getty Images
13.09.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted - : - Manchester Siti Manchester Siti

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Elliot Andersonning «shaharliklar Manchester qirollari» degan fikriga javob qaytardi.

«Men bu iborani ishlatmayman. Biz yetarlicha kamtar va realistikmiz. So‘nggi yillarda qayerdan kelganimizni tushunamiz. Biz yaxshiroq bo‘lishimiz va ko‘proq raqobat qilishimiz kerak. Hozir biz shu nuqtadamiz. Bu buni qila olmaymiz yoki qilmaymiz degani emas. Biz hali ham yaxshiroq bo‘lishimiz kerakligiga ishonamiz va bundan umidvormiz», — deys Kerrikning so‘zlarini City Xtra nashri X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali keltirdi..

Ma’lumot uchun, Manchester derbisi bugun, 13-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar