Live
16
O'zbek

«Kroos va Platini meni «Oltin to‘p»ga loyiq ko'rganidan xursandman» — Kvaratsxeliya

Futbol
13 sentabr, 09:30
«PSJ» hujumchisi Toni Kroos va Mishel Platinining o‘ziga bergan bahosidan faxrlanishini ta’kidladi.
«Kroos va Platini meni «Oltin to‘p»ga loyiq ko'rganidan xursandman» — Kvaratsxeliya
Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya Toni Kroos va Mishel Platinining 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun o‘z nomzodini munosib deb bilgani haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.

«Futbol afsonalari «Oltin to‘p»ga loyiq ekanimni aytishi menga quvonch bag‘ishlaydi. Sayyoradagi hech bo‘lmaganda kimdir meni bunday nufuzli sovringa loyiq deb hisoblashi — o‘z-o‘zidan baxt. Bundan chin dildan faxrlanaman. Bu o‘z ishimni yaxshi bajarayotganimni anglatadi va shu darajada rivojlanishda davom etishni istayman», — dedi Kvaratsxeliya Mundo Deportivo nashriga.

Eslatib o‘tamiz, gruziyalik futbolchi 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun 30 nafar nomzod qatoridan joy olgan.

Ma’lumot uchun, Kvaratsxeliya o‘tgan mavsumda 48 ta bahsda 19 ta gol urib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar