Live
10
O'zbek

Markus Forss — “Neftchi” futbolchisi

Futbol
13 sentabr, 11:22
    25+
Fargʻona klubi “Brentford”, “Midlsbro” va “Bolton”da oʻynagan hujumchi bilan shartnoma imzoladi.
Markus Forss — “Neftchi” futbolchisi
Foto: Getty Images

Oʻzbekiston chempioni “Neftchi” klubi finlyandiyalik hujumchi Markus Forss bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

“1999 yil 18 iyunda Finlyandiyaning Turku shahrida tugʻilgan Markus Uolevi Forss — markaziy hujumchi sifatida faoliyat yuritadigan, zarur holatlarda har ikki qanotda ham oʻynay oladigan futbolchi. Uning boʻyi 1,82 metr, asosiy oyogʻi — oʻng.

Forss futbolchilik faoliyatining katta qismini Angliyaning professional futbol tizimida oʻtkazgan. 13 yoshida «Vest Bromvich” akademiyasiga qoʻshilgan futbolchi keyinchalik “Brentford” tizimida faoliyatini davom ettirgan va 2018 yilda klubning asosiy jamoasida debyut qilgan.

“Brentford” safida Forss 2018–2022 yillar davomida toʻp tepdi. 2019/20 yilgi mavsumda ijara asosida “Uimbldon” safida harakat qilib, 18 ta bahsda 11 ta gol urdi. Keyinchalik “Hall Siti” safida ham ijara asosida oʻynadi.

2022 yil yozida Markus “Midlsbro” futbolchisiga aylandi. Angliyaning Chempionship ligasida jamoaning muhim hujumchilaridan biri boʻlgan Forss klub safida barcha musobaqalarda 90 dan ortiq bahsda maydonga tushib, 18 ta gol urdi.

2025/26 yilgi mavsumni esa ijara asosida “Bolton” safida oʻtkazdi.

Markus Forss — Finlyandiya milliy jamoasi aʼzosi. U mamlakatining U-17, U-18, U-19 va U-21 milliy jamoalarida ham oʻynagan. 2020 yil noyabr oyida Finlyandiya bosh jamoasida debyut qilgan. Ilk xalqaro oʻyinida Fransiyaga qarshi maydonga tushib, debyutini gol bilan nishonlagan. Forss Finlyandiyaning Yevro-2020 tarkibidan ham joy olgan. Milliy jamoa safida hozirga qadar 21 ta oʻyinda 2 ta golga mualliflik qilgan.

Forss endi oʻzining Angliyadagi katta futbol tajribasini Fargʻonaga olib keladi.

Markus, “Neftchi”ga xush kelibsiz!», — deb yozadi klub matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, 27 yoshli hujumchi fargʻonaliklarga faqat Elit OCHLda yordam bera oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar