«Valensiya» klubi bosh murabbiy Karlos Korberan hamda bosh direktor Ron Gurle bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qaror jamoaning La Ligadagi muvaffaqiyatsiz starti fonida qabul qilingan. 43 yoshli Korberan «Valensiya»ni 2024 yil dekabridan beri boshqarib kelayotgandi.
Jamoaga vaqtincha Oskar Sanches bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
La Ligada 5 turdan so‘ng «Valensiya» atigi 1 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining so‘nggi — 20-o‘rnida bormoqda. Jamoa ushbu bahslarda bor-yo‘g‘i 1 ta gol urib, o‘z darvozasidan 10 ta to‘p olib chiqqan.