Live
6
O'zbek

APL Holandning “MYU”ga urgan goli hisobga olingani boʻyicha izoh berdi

Futbol
13 sentabr, 15:18
    10+
VAR ofsayddagi Ensoni toʻpga oʻynamagan deb topgan.
APL Holandning “MYU”ga urgan goli hisobga olingani boʻyicha izoh berdi
Foto: Premier league
13.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted 0 : 1 Manchester Siti Manchester Siti

APL Erling Holandning “Manchester Yunayted” darvozasiga urgan goli nega hisobga olinganini tushuntirdi.

APLning 4-turida “Manchester Siti” safarda hamshaharini 1:0 hisobida magʻlub etgan bahsda norvegiyalik hujumchining goli dastlab ofsayd sababli bekor qilingan edi. Biroq VAR tekshiruvidan soʻng hakamlar golni hisobga olishdi.

“VAR hakamning golni ofsayd sababli hisobga olmaslik qarorini tekshirdi va Holand ofsayd holatida boʻlmaganini aniqladi. Shundan soʻng VAR golni hisobga olishni tavsiya qildi.

Shuningdek, VAR ofsayd holatida boʻlgan Enso Fernandes toʻpga oʻynamaganini ham aniqladi”, — deyiladi liganing rasmiy izohida.

"Siti" "MYU"ga gol urgan vaziyat
Translyatsiyadan kadr

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar