O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo Chempionlar Ligasi-2 bahsida ishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol hakamlar markazi matbuot xizmati xabar berdi.
15 sentabr kuni Osiyo Chempionlar Ligasi-2 1-turi doirasidagi «Gohar» (Eron) — «Al Jazira» (BAA) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda o‘zbekistonlik hakamlar faoliyat olib borishadi. Bahs Tojikistonning Hisor shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bosh hakam: Rustam Lutfullin;
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G‘iyosov.
Avvalroq Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar va rasmiylar Elit Osiyo Chempionlar Ligasining 1-tur uchrashuvlarida ishlashi ma’lum qilingandi.