So‘nggi uch mavsum davomida erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida barcha «Katta dubulg‘a» turnirlarini faqat italiyalik Yannik Sinner, ispaniyalik Karlos Alkaras va germaniyalik Aleksandr Zverev o‘zaro bo‘lishib olishdi. Opta Ace xabariga ko‘ra, Ochiq davrda (1968 yildan beri) bu beshinchi shu kabi holatdir.
Mana shu davrda beshinchi marta uch o‘yinchidan iborat trio uch yillik davr mobaynida erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida «Katta dubulg‘a» turnirlarining barcha titullarini qo‘lga kiritdi:
Marat Safin — Rafael Nadal — Rojer Federer (2005-2007);
Rojer Federer — Rafael Nadal — Novak Jokovich (2006-2008);
Rojer Federer — Rafael Nadal — Novak Jokovich (2017-2019);
Novak Jokovich — Yannik Sinner — Karlos Alkaras (2023-2025);
Yannik Sinner — Karlos Alkaras — Aleksandr Zverev (2024-2026).