Live
14
O'zbek

Zayniddin Tojiyev: «Futbolchilarimiz tarix yaratishdi»

Eksklyuziv
16 sentabr, 15:26
«Gʻazalkent» murabbiyi jamoasining gʻalabasi haqida gapirdi.
Zayniddin Tojiyev: «Futbolchilarimiz tarix yaratishdi»
Фото: Ғазалкент ПФК
16.09.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi Gazalkent Gazalkent 2 : 1 Qo'qon-1912 Qo'qon-1912

Proliga vakili – «Gʻazalkent» Superliga ishtirokchisi – «Qoʻqon-1912»ni 2:1 hisobida taslim etdi va musobaqadan chiqarib yuborib, oʻzi chorak finalga chiqdi.
«Gʻazalkent» bosh murabbiyi Zayniddin Tojiyev matbuot anjumanida gʻalaba borasida fikrlarini aytib oʻtdi.

- «Zomin»da ishlaganimda ham Qoʻqon jamoasi bilan Kubokda toʻqnash kelgandik. Qoʻqonda 1:1 oʻynagandik. Boʻlajak uchrashuv oldidan raqibni oʻrgandik, tahlil qildik. Futbolchilarga bergan barcha koʻrsatmalarni bajarishdi. Bugun yakkakurashlarning 80 foizida gʻalaba qozonishdi, yigitlarimiz. Bugungi oʻyin uchun shogirdlarimga rahmat. Ular tarix yaratishdi. Hali bunday darajaga chiqishmagan. Bir yillik jamoa, endi. Rahbariyat Kubokda oldimizga qanchalik yuqori koʻtarilsak, shunchalik yaxshi, degan edi. Futbolchilarimning qoʻlidan shu narsa keldi.

- Oʻyin oldidan tarkibda uchta jiddiy yoʻqotish bor edi. Shunga qaramasdan jamoangiz matonat koʻrsatdi. Birdaniga uch nafar futbolchingiz yoʻqligi oʻyin oldidan sizda qanchalik xavotir uygʻotdi?

- Mashgʻulotlarda ham tayyorlayotganimizda baribir jamoamiz yosh. Oldimizda hech qanday maqsad qoʻyilmagan. Oʻyinchilarni rivojlantirish, ertaga kimdir chetga ketsa, oʻrnini bosadigan yoshlarimiz bor. Mana, bugun Superliga jamoasi bilan oʻynadik, umuman kam joyimiz yoʻq. Tarkibda kim yoʻq boʻlgan boʻlsa, oʻrniga tushgan yigitlar oʻyinni kuchaytirib berishdi. Bu oʻyin yoʻqotishlar oʻrnini bosadigan futbolchilar borligini koʻrsatib berdi. Qancha koʻp bolani xorijga bersak, bu faqat terma jamoamizga yordam.

- Qoʻqonliklarning gollarida koʻproq Nimeli ishtirok etmoqda va u bugun ham gol urdi. Lekin birinchi boʻlimda raqibning eng xavfli hujumchisini toʻliq zararsizlantira oldingizlar. Uchrashuvdan oldin N i melini qanchalik oʻrgandingizlar?

- Kuchli tomonini bilardik. Tepaga chiqqanda besh kishi hujumda ham yuradi. Keyin himoyada 3 kishi bilan ham oʻynashardi. Bugun 4-4-2 ga oʻtib olishdi. Ularni oʻrgandik. Nimelining oʻng oyogʻi kuchli edi. Shu bois yigitlarga uni oʻng oyogʻini yopasizlar, bemalol chap tomoniga qoʻyib yuboraveringlar, deb mashgʻulotlarda ham uqtirgandik. Koʻrsatmalarni qoʻllashdi, hammasi biz xohlagandek boʻldi.

- Laziz Mirzayev jamoa «motori». Lekin ayrim epizodlarda toʻpni qizgʻangandek boʻldi. Bu futbolchi uchun xos holatmi yoki natijaga taʼsir qiluvchimi?

- Yoʻq, koʻrpani tortish hamma uchun ham emas. Xursandman-ki, Laziz birinchi davrada «Lokomotiv»da oʻynadi, ikkinchi davrada bizga qoʻshildi. «Gʻazalkent» jamoamizda Laziz koʻzga juda yaxshi koʻrinyapti. Koʻrpani oʻziga tortyapti. Shunday boʻlgach, yigitlarni ortidan ergashtirish ham katta sanʼat. Oʻzi va bolalar uchun ham mehnat qilyapti. Gol urdimi yoki urmadi – bu ikkinchi daraja. Vaziyatlarni yaratyaptimi, oʻsha hududda boʻlyaptimi, bu yaxshi. U kerak boʻlsa 10 ta ham, 15 ta gol ham ura oladi. Laziz kelganiga juda xursandman. Bu kelgusi faoliyatiga katta turtki boʻladi. Ochilmagan qirralarini ochyapti. Strukturani buzmayapti. Himoyada ham kerak boʻlsa yordam beryapti», - deya Tojiyevning soʻzlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Gazalkent Gazalkent
  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar