Live
14
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. Yaponiya va Eron g‘alaba qozondi, Qirg‘iziston kambek qurboni bo‘ldi

Futbol
16 sentabr, 11:27
    1
A va B guruhlarida 1-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Osiyo o‘yinlari. Yaponiya va Eron g‘alaba qozondi, Qirg‘iziston kambek qurboni bo‘ldi
Foto: Getty Images

Yaponiyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida futbol bahslari bo‘yicha 1-tur davom ettirildi.

A guruhida mezbonlar Gonkongni mag‘lub etgan bo‘lsa, Qirg‘iziston Tailand bilan o‘yinda 2:0 hisobida oldinda borib, yakunda yutqazdi.

B guruhida esa Eron BAAni, Xitoy KXDRni mag‘lub etdi.

Osiyo o‘yinlari. 1-tur. 16 sentyabr
A guruhi
Yaponiya — Gonkong 2:0

Gollar: Ishi (37), Nagano (89).

Tailand — Qirg‘iziston 3:2
Gollar: Mamah (56), Vongsa (69, 73) — Iskandarbekov (23), Balbakov (47).

B guruhi
BAA — Eron 1:3

Gollar: Hant (57) — Shahrobodi (49), Al Marzuqi (53, avtogol), Mazrae (88).

Xitoy — KXDR 2:1
Gollar: Chjan (44), Vu (68) — Kuk (27).

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar