Shveytsariya Superligasi 4-turining qoldirilgan bellashuvida «Lugano» o‘z maydonida «Sankt Gallen»ni qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi shundaki, ushbu bahsda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ilk golini urdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida futbolchi zaxiraga olindi.
Shunday qilib, «Lugano» 22 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamligini davom ettirmoqda.
Shveytsariya Superligasi. 4-tur (qoldirilgan bahs)
Lugano — Sankt Gallen 4:1
Gollar: Espinosa 4, Pilstrom 14, 28, KARIMOV 36 – Hunziker 74.
Lugano —Gebhardt, Papadopulos, Mai, Bichel, Bislimi (Delkrua, 82), Grgich, dos Santos, Chiminiani (Kelvin, 82), Espinozsa, KARIMOV (Zannotti, 46), Pilstrom.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi