«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Riyod klubining sobiq matbuot kotibi Saud Al Samari xabar berdi.
«Ronalduning «An Nasr»da hech qanday roli yo‘q. Shuning uchun u qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkinligini istisno qilmayman. Avval Karim Benzema bilan ham shunga o‘xshash holat yuz bergan. Biroq Ronalduning ketishi faqat uning o‘z xohishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ronaldu o‘z imkoniyatlarini deyarli sarflab bo‘ldi va endi «An Nasr»ga boshqa hech narsa bera olmaydi. Shuning uchun u ketishi kerak», — dedi Al Samari Al-Arabiya FM efirida.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2022-yil dekabridan buyon «An Nasr» sharafini himoya qilib kelmoqda.