O‘zbekiston kubogi 1/8 finalida «G‘azalkent» klubi «Qo‘qon-1912»ga qarshi bellashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Proliga ishtirokchisi safida Suhrob Sadirjonov va Diyor Tojiyev gollarga mualliflik qildi. Qo‘qonliklarning yagona goli Silvanus Nimeli hisobiga yozildi.
Shunday qilib, Zayniddin Tojiyev jamoasi chorakfinalga yo‘llanma oldi.
O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
G‘azalkent – Qo‘qon-1912 2:1
Gollar: Suhrob Sadirjonov, 7 (1:0), Diyor Tojiyev, 75 (2:0), Silvanus Nimeli, 81 (2:1)
G‘azalkent: 21.Asror Kenjayev, 3.Ozod Ibodullayev, 4.Hojiakbar Yusufboyev, 8.Adam Prisyajnyuk, 14.Suhrob Sadirjonov, 16.Abdurahmon Abdullayev, 17.Diyor Tadjiev, 22.Qodirbek Mamasov, 68.Ivan Karshunov, 71.Laziz Mirzayev, 77.Umid Turg‘unov
Qo‘qon-1912: 13.Rahimjon Davronov, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Alisher Salimov, 8.Shota Gvazava, 9.Javohir Husanov, 10.Shohrux Gadoyev, 11.Silvanus Nimeli, 15.Zafar Hakimov, 21.G‘ulomhaydar G‘ulomov, 44.Andro Giorgadze, 90.Akbar O‘ktamov.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi