Osiyo o‘yinlari 2-turidan o‘rin olgan Kuvayt U-23 va O‘zbekiston U-23 jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.
Sardor Bahromov tomonidan 6 va 36-daqiqalarda urilgan gollar hamyurtlarimizga navbatdagi 3 ochkoni taqdim etdi.
Ta’kidlash lozim, ikkinchi bo‘lim startida, aniqrog‘i 48-daqiqada hakam Ro‘ziboy Fayzullayevni maydondan chetlatdi hamda O‘zbekiston U-23 jamoasi qolgan daqiqalarni 10 kishi bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston U-23 jamoasi 3-turda Vetnam bilan kuch sinashadi. Bellashuv 22-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 10:00da start oladi.
Osiyo o‘yinlari, 2-tur
Kuvayt U-23 – O‘zbekiston U-23 0:2
Gollar: Sardor Bahromov (6, 36)
Chetlatish: Ro‘ziboy Fayzullayev (48).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi