Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Marseloga ikki yulduz Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasida tanlov qilishni so‘rab murojaat qilishdi. Braziliyalik taxmin qilinganidek sobiq jamoadoshini argentinalikdan ustun qo‘ydi.
«Umrimning oxirigacha Krishtianu!» - deya Marselo so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida «An Nasr» sharafini himoya qilmoqda. Lionel Messi ham bir necha yildan buyon Yevropada to‘p tepmayapti – argentinalik yulduz MLSning «Inter Mayami» klubi safida harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi faoliyati davomida sakkiz marta «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu hisobida 5 ta ana shunday sovrin mavjud.