Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari 19-sentyabrgacha davom etadigan Qirgʻizistonning Bishkek shahrida boʻlib oʻtayotgan FIFAning TDS loyihasi doirasidagi tajriba almashinuvi va yoshlar terma jamoalari murabbiylari uchun seminarda ishtirok etmoqda.
Tadbirda OʻFAning terma jamoalar tayyorgarligi, murabbiylar taʼlimi va yoshlar futbolini rivojlantirish yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi mutaxassislari, shuningdek, U-17 va U-16 terma jamoalari bosh murabbiylari qatnashmoqda.



Seminar davomida futbol sohasida tajriba almashish va yoshlar terma jamoalari faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilish koʻzda tutilgan.