«Real»ning sobiq hujumchisi Karim Benzema faoliyatini Germaniyaning «Bayer» klubida davom ettirmoqchi. Jurnalist Iliyes Kaddurining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berishicha, futbolchi va klub o‘rtasida aloqa o‘rnatilgan va fransiyalik futbolchi transferga katta qiziqish bildirgan.
Manbaga ko‘ra, Benzema leverkuzenliklar loyihasini sobiq jamoadoshlari Musa Diabi va Lukas Vaskes bilan ham muhokama qilgan. Ma’lum qilinishicha, futbolchining Saudiya Arabistoni futboli elchisi sifatidagi 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi har qanday ehtimoliy o‘tishga to‘sqinlik qilmoqda.
Endilikda 38 yoshli futbolchining agentlari ushbu shartnoma shartlarini yumshatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Qishda Karim Benzema «Al Ittihod»dan «Al Hilol» safiga ko‘chib o‘tgandi va yozda erkin agent sifatida klubni tark etdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi