Bugun
35
O'zbek

«Brayton» murabbiyi: «O‘zingizga va jamoadoshlaringizga ishonish zarur»

Futbol
18 sentabr, 01:06
Germaniyalik murabbiy jamoasining «MYU»ga qarshi bahsdagi harakatlariga munosabat bildirdi.
«Brayton» murabbiyi: «O‘zingizga va jamoadoshlaringizga ishonish zarur»
Foto: Gettyimages

«Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurseler Angliya Liga kubogi 3-turida «Manchester Yunayted» ustidan qozonilgan g‘alabaga (3:2) izoh berdi.

«O‘ylaymanki, o‘yinni juda yaxshi boshladik. Biz ikkita yengil golni o‘tkazib yubordik, ammo shundan so‘ng, rejamizga amal qilishda davom etdik. Bu juda muhim holat edi. Albatta, 0:2 hisobida ikkita yo‘ldan birini tanlash mumkin: o‘yin tugadi deb qaror chiqarish va ortiq rejaga amal qilmaslik yoki ishonishda davom etish. Jamoadoshlaringizga ishonishingiz kerak. O‘zingizga ishonishingiz zarur. O‘yin mobaynida vaqt o‘tgani sayin shunchalik yaxshi ko‘rinishga ega bo‘ldik va oxir-oqibat, o‘ylaymanki, haqli ravishda g‘alaba qozondik.

Albatta, biz gollar o‘tkazib yubordik va ular o‘yin borishini o‘zgartirdi, ammo umuman olganda, bizda to‘g‘ri reja bor edi. Biz to‘pni yaxshi nazorat qildik. Menimcha, muammo avvaliga biz juda asabiylashganimizda edi. Ko‘p texnik xatolarga yo‘l qo‘yildi, keyin o‘yinchilar asta-sekin kirishib olishdi. Natijada biz o‘yinni to‘liq nazorat qildik va yana gol urish uchun yetarli imkoniyatlar yaratdik», - deya murabbiy so‘zlaridan iqtibos keltirdi BBC.

Bugungi yangiliklar