So‘nggi kunlarda matbuotda «Barselona» «PSJ» yarimhimoyachisiga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar ko‘paymoqda. Gap matbuotda xabar qilinganidek, Ispaniyaga qaytmoqchi bo‘lgan Fabian Ruis haqida ketmoqda.
«PSJ» prezidenti Nosir al Helayfi va jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike «Barselona»ning yarimhimoyachi Fabian Ruisga bo‘lgan qiziqishini yaxshi biladi va bu vaziyat uchun qiziqarli reja ishlab chiqqan. Agar Mark Bernal qarama-qarshi yo‘nalishda qo‘yib yuborilsa, parijliklar tajribali yarimhimoyachini «Kamp Nou»ga jo‘natishga tayyorlar. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Enrike «Barselona»dagi o‘yin vaqti cheklangan 19 yoshli Bernalni yoqtiradi.
Ma’lumot uchun, Mark Bernal La Liga 2026/27-yilgi mavsumida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi. O‘z navbatida, iqtidorli yarihimoyachi UYEFA Chempionlar Ligasi 1-tur o‘yinida zaxiradan maydonga tushirildi hamda 27 daqiqa harakat qildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi