Live
1
O'zbek

«Arsenal» mavsumni barcha turnirlarda ketma-ket yetti g‘alaba bilan boshladi

Futbol
16 sentabr, 04:30
London klubi Liga kubogi 1/16 finalida «Ipsvich»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
«Arsenal» mavsumni barcha turnirlarda ketma-ket yetti g‘alaba bilan boshladi
Foto: Getty Images
15.09.2026 FT Angliya Liga kubogi Ipsvich Ipsvich 2 : 4 Arsenal Arsenal

«Arsenal» 2026/27 yilgi mavsum boshidan beri barcha turnirlarda ketma-ket yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. «To'pchilar» Angliya Liga kubogi 1/16 finalida «Ipsvich Taun»ni 4:2 hisobida taslim etdi.

Mikel Arteta shogirdlari mavsumni Angliya Superkubogida «Manchester Siti» ustidan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagan. Shundan so‘ng jamoa APLning dastlabki to‘rtta turida ham g‘alaba qozondi.

Bundan tashqari, «Arsenal» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turida Italiyaning «Napoli» klubini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Arsenal» ayni paytda APL turnir jadvalida 12 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. «To'pchilar» 5-turda 19 sentyabr kuni «Brayton»ga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ipsvich Ipsvich
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Liga kubogi Angliya Liga kubogi
Bugungi yangiliklar