Live
8
O'zbek

Keyn, Palmer, Anderson va Bellingem — Angliyaning Millatlar ligasi uchun tarkibi ma’lum

Futbol
18 sentabr, 10:15
Tuxel «uch sherlar» yig‘iniga 27 nafar futbolchini chaqirdi.
Keyn, Palmer, Anderson va Bellingem — Angliyaning Millatlar ligasi uchun tarkibi ma’lum
Фото: Getty Images

Angliya milliy jamoasi Millatlar ligasida to‘rtta o‘yin o‘tkazadigan navbatdagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilarni e’lon qildi. Germaniyalik mutaxassis JCh-2026ning yakuniy ro‘yxatidan tushib qolgan Trent va Koul Palmerni ham jalb qildi. Ular bo‘lajak bellashuvlarda «uch sherlar» libosida maydonga tushishi mumkin. Tuxel quyidagi futbolchilarni yig‘inga jalb qildi.

Darvozabonlar: Pikford, Stil, Trafford.
Himoyachilar: Trent, Brentueyt, Chaloba, Gehi, Holl, Konsa, Livramento, O’Reyli, Kuansa.
Yarimhimoyachilar: Anderson, Bellingem, Lyuis-Skelli, Maynu, Palmer, Rays, Skott.
Hujumchilar: Kalvert-Lyuin, Eze, Keyn, Ngumoha, Gordon, Reshford, Rojers, Saka.


Ma’lumot uchun, inglizlar FIFA kunlari 4 ta o‘yinda ishtirok etadi. Xususan, Ispaniya (26 sentyabr), Chexiya (29 sentyabr), Xorvatiya (3 oktyabr) va Chexiya (6 oktyabr) bilan bellashadi.

Avvalroq Ispaniya milliy jamoasining Millatlar ligasi uchun qaydnomasi e’lon qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
Bugungi yangiliklar